2 yaşar bola qidirilmoqda: yordam uçun 20 mln söm mukofot beriladi

3-sahifa

−

image

Joriy yilning 26 aprel kuni ota-onasi bilan Sariosiyo tumani “Sangardak” mahallasida joylaşgan dam oliş maskaniga borib, bedarak yöqolgan 2 yaşar bola qidirilmoqda. Uning topilişida kömaklaşgan fuqarolarga 20 mln söm mukofot puli beriladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Zubayr Sardoroviç Salimov 2024 yil 25 iyun kuni tuğilgan. U Surxondaryo viloyati Termiz şahar Yulduz mahallasida ota-onasi qaramoğida yaşagan. 2026 yil 26 aprel kuni ota-onasi bolani özlari bilan birga Sariosiyo tumani “Sangardak” mahallasida joylaşgan dam oliş maskaniga olib borgan. Onasi Sitora Botirova avtomaşinadan narsa olib keliş uçun ketgan vaqtida daryo böyi yonida bedarak yöqolib qolgan. 

Uning topilişida kömaklaşgan fuqarolar 20 mln söm mablağ bilan mukofotlanadi hamda ma’lumot bergan şaxslarning şaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanişi kafolatlanadi.

Bola haqida ma’lumotga ega bölgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiliş söraladi:

Tel: 112, 97-698-51-51, 91-583-48-48, 94-514-11-15.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing