Bag‘dodiyning vorisi kimligi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

ISHID terrorchilik guruhining yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limi oktyabr oyi oxiridagi eng shov-shuvli voqea bo‘ldi. Biroq bu bilan ISHID yo‘q bo‘lib ketmadi. Al-Bag‘dodiydan keyin terrorchilik tashkilotiga rahbar bo‘lish uchun ikki nomzod borligi haqida xabar bergan edik.

ISHID o‘z yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini rasman tasdiqlab, yangi yetakchi nomini ma’lum qildi. Abu Ibrohim al-Hoshimi al-Qurayshi ISHIDning yangi rahbari bo‘ldi. Bu haqda "Euronews" xabar berdi.

Xabar ISHID tomonidan kecha, 31 oktyabr kuni audioyozuv shaklida tarqatildi. Ta’kidlanishicha, al-Bag‘dodiy Abu Ibrohim al-Hoshimi al-Qurayshini tiriklidayoq o‘z merosxo‘ri sifatida e’lon qilgan.

Abu Bakr al-Bag‘dodiy bir necha yil davomida qidiruvda bo‘lgan. 2011 yilda rasmiy Vashington uning kallasi uchun 10 mln dollar, 2017 yilda esa 25 mln dollar mukofot puli va’da qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Abu Bakr al-Bag'dodiy Abu Ibrohim al-Hoshimi al-Qurayshi

Baholaganlar

289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing