Babayan uch shart bilan “Lokomotiv”da ish boshladi

Sport

image

Oxiri yo‘q tanqidlarga duchor bo‘lgan murabbiy Samvel Babayan “Lokomotiv” futbol klubida faoliyatini boshladi. U “Lokomotiv” professional futbol klubi prezident maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi. 

“Futbol muxlislariga yaxshi ma’lum, Samvel Babayan asosan “Paxtakor” futbol klubidagi bir necha yillik faoliyati orqali keng jamoatchilikka tanilgan. Uning katta tajribasi hamda o‘zbek futbolidagi samarali mehnatini inobatga olib “Lokomotiv” PFK rahbariyati ishga taklif etdi. 

Samvel Babayan “Paxtakor”dagi faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan. U rahbarlik qilgan yillari “Paxtakor” 9 bor mamlakat milliy chempionati hamda 8 marta O‘zbekiston Kubogi g‘olibi deb topilgan. Bundan tashqari “Paxtakor”ning ikki bor (2002/2003, 2004) Osiyo chempionlar ligasi yarim finaliga yetib borishida, 2002 yil mavsum yakunlariga ko‘ra “Osiyoning eng yaxshi futbol klubi” deb topilishida, shuningdek MDH Kubogining 2007 yilgi musobaqasida chempion bo‘lishi hamda keyingi yil finalga qadar yetib borishida qo‘shgan hissasi katta”, deyiladi xabarda.

Samvel Babayan oldiga “Lokomotiv” PFK prezidenti Mansur Kuchkarovich Rajapov tomonidan quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo‘yildi:

1. Klub infratuzilmasini ko‘tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;

2. “Lokomotiv” bolalar va o‘smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;

3. Klub material-texnik bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
 


Maqola muallifi

Teglar

Samvel Babayan Lokomotiv

Baholaganlar

113

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing