Babayan qaytdi. U “Lokomotiv” bosh murabbiyi bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq, Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubiga bosh murabbiy bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Taxminlar o‘zini oqladi. “Lokomotiv” Babayanni klub bosh murabbiyi sifatida tanishtirdi. 

Avvalgi murabbiy Andrey Fyodorov va u bilan biirga  faoliyat olib borgan mutaxassislar Mirko Yelichich, Pyotr Gizimchuk hamda Vazgen Manasyanga ham chiqish eshiklari ko‘rsatilgan.

Samvel Babayan “Lokomotiv”da birga ishlaydigan murabbiylar shtabi ham tasdiqlandi:

Aleksandar Galich (Serbiya) – jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy;

Grigoriy Kolosovskiy – bosh murabbiy yordamchisi;

Anton Meyranov – darvozabonlar bo‘yicha murabbiy;

Viktor Jalilov – seleksioner murabbiy;

Faxriddin Isamuhamedov – jamoa ma’muri (administrator)

Samvel Babayan “Paxtakor”da faoliyat olib borgan yillari jamoa 9 karra O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan. Shu bilan birga 2002 yilda “Paxtakor” Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi klubi”, deb topilgan. Qolaversa Babayan boshqaruvida jamoa 2007 yilgi mavsumda MDH chempionlari kubogida g‘alaba qozongan.

Biroq, Samvel Babayanning O‘zbekiston milliy terma jaomasidagi faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lmagan. U 2017 yilda qoniqarsiz natijalar sabab MTJdan iste’foga chiqarilgan. Babayan 2014 va 2015 yillarda “Paxtakor” klubi bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samvel Babayan Lokomotiv

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing