Babayan chet elda ishlay olmaganida Ahmadjonovni ayblamoqda
Intervyu
−
24 iyun 2019
10608Xabaringiz bor, ayni paytda “Lokomotiv” stadionining majlislar zalida klubning yangi murabbiyi Samvel Babayan ishtirokida OAV uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, Matbuot anjumanida ishtirok etayotgan Samvel Babayan Latviyaning “Spartak” klubida ishlab keta olmaganida uni futboldan chetlatganlarning aybi borligini aytib o‘tgan.
“Latviyaning “Spartak” klubida bosh murabbiy bo‘lib ishlayotganimda nima bo‘lganini bilasizmi? UEFA har doim yevropalik murabbiylarni himoya qiladi va boshqa qit’a murabbiylaridan ularni ustun ko‘radi.
Latviyada ishlab ketolmaganimga O‘FA tomonidan diskvalifikatsiya qilinganim sabab bo‘ldi. Chunki u yerda boshqa joydan diskvalifikatsiya qilinib kelgan murabbiyning ishlashini xohlashmaydi. Men ishlab turganimda “Spartak”ni YeCHLga olib chiqishim mumkin edi. Ammo, hammasi ortda qoldi.
Meni diskvalifikatsiya qilgan kishi hozir ishdan ketdi, u haqida nimadir demoqchi emasman. Mening harakterim hozir u haqida nimadir deyishimga yo‘l bermaydi. Eni bu voqealarni qayta eslashni xohlamayman. Yana bir bor aytaman bu endi tarixda qoldi”, deya ta’kidladi O‘zbekiston Milliy terma jamoasi sobiq murabbiyi Samvel Babayan.
Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonov O‘FA rahbarligida ishlab yurgan davrda Samvel Babayan futboldan umrbod chetlatilgan edi.
LiveBarchasi