BAAda tuzalayotganlar keskin oshdi, Angliyada Garri Potter avtobusi yordamga keldi – COVID-19 ga oid so‘nggi xabarlar
Olam
−
16 aprel 2020
7556So‘nggi 24 soat ichida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qanday yangiliklar bor? Qanday voqea-hodisalar yuz berdi? Bularning bari QALAMPIR.UZ’ning 16 aprel kungi dayjestida.
Dunyoda ayni damda 2 063 161 kishi koronavirusga chalingan. Vafot etganlar soni esa 136 938 kishini tashkil etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyadan 512 032 atrofida bemor tuzalgan.
O‘zbekistonda ham ko‘rsatkichlar o‘zgardi. 2020 yil 15 aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1302 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 107 nafari sog‘aydi, 4 nafari vafot etdi.
AQSHda koronavirus bilan kasallangan 30 mingdan ortiq odam vafot etdi, deb ma’lum qilmoqda Jons Xopkins universiteti. Unga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 30 826 bemorni tashkil etadi, bu kuniga 2494 kishiga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatda COVID-19 aniqlangan holatlarning umumiy soni 637 mingdan oshdi. Uchala ko‘rsatkich bo‘yicha ham AQSH dunyoda yetakchilik qilmoqda.
Janubiy Koreyada so‘nggi 24 soatda COVID-19 koronavirus infeksiyasining 22 ta holati qayd etildi. Yuqtirganlarning umumiy soni 10 613 ga etdi, 141 kishi tuzaldi, 229 kishi vafot etdi. Bu haqda , deb xabar beradi Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazi xabar bermoqda.
Meksika sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Ugo Lopes-Gatel favqulodda vaziyatlar taqiqlanganiga qaramay, faoliyatni davom ettirayotgan kompaniyalar ustidan jinoiy qonun buzilishi holatlari bo‘yicha tergov boshlanishini ma’lum qildi. “Faoliyatini to‘xtatishni rad etgan barcha kompaniyalar ustidan sanitariya xavfsizligi tekshiruvi o‘tkaziladi. Bu sanksiyalarni qabul qilish jarayonini boshlashga olib keladi. Mehnat vazirligi ushbu bayonotlar asosida kompaniyalarni yopadigan sanitariya organlariga ma’lumotlar taqdim etadi”, degan Lopes-Gatel Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot anjumanida.
Birlashgan Arab Amirliklarida mingdan ortiq odam koronavirusdan davolandi, bir kunda mamlakatda bu kasallikka chalinganlar soni rekord darajaga ko‘tarildi - 432 kishi. Bu haqda BAA Sog‘liqni saqlash va profilaktika vazirligi xabar bermoqda. “Koronavirusning 432 ta yangi holati turli millat vakillari orasida qayd etildi, ular zarur tibbiy nazorat ostida. Kasallikdan 1034 kishi davolandi”, deyiladi xabarda.
Buyuk Britaniyada odatda Garri Potter muzeyiga sayyohlarni olib boradigan avtobuslar endi Angliyaning Xartfordshir milliy sog‘liqni saqlash xizmati xodimlari uchun xizmat qilishni boshladi. Bu haqda “Independent” nashri yozmoqda. Bu shifokor va hamshiralarni ishga o‘z vaqtida hamda bepul yetib borishlariga imkoniyat yaratish uchun amalga oshirildi.
LiveBarchasi