BAAda Rossiya, Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi

Olam

image

Bugun, 23 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Rossiya, Ukraina va AQSH vakillari o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar boshlandi. Bu haqda BAA Tashqi ishlar vaziri Abdulloh bin Zoid Ol Nahayon ma’lum qildi.

“Birlashgan Arab Amirliklari uchala tomon bilan ham mustahkam hamkorlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlab keladi. Bu uzoq muddatli o‘zaro hamkorlik va strategik sheriklikni aks ettiradi hamda aynan jiddiy va mas’uliyatli diplomatiya eng zarur bo‘lgan paytda mamlakatga muloqotni tashkil etishda ishonchli vositachi rolini bajarish imkonini beradi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, muzokaralar 23 va 24 yanvar kunlari, ikki kun davom etadi. Bungacha AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan tartibga solish borasida olib borilayotgan ishlar qanday ketayotgani haqida gapirgandi.

“Ukrainaliklar biz 90 foizga tayyormiz, deyishdi… Aslida esa, menimcha, o‘tgan dam olish kunlari davomida bundan ham sezilarliroq yutuqlarga erishildi”, degan u.

Shuningdek, kecha, 22 yanvar kuni Davosda AQSH Prezidenti Donald Tramp va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Oq uy rahbari ushbu uchrashuvni “yaxshi” deb baholagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarida Rossiya, AQSH va Ukraina delegatsiyalari ishtirokida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

muzokara Abu-Dabi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing