BAA jumani dam olish kunlari qatoridan chiqardi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklarida juma kuni ish kuni etib belgilandi. Amirlik bu borada birinchi musulmon davlati bo‘ldi. Bu haqda WAM mahalliy axborot agentligi xabar berdi.

Musulmonlar uchun juma muqaddas kun bo‘lib, aksar musulmon mamlakatlarida haftaning bu kuni dam olish kuni hisoblanadi va ish haftasi yakshanba kunidan boshlanadi.

“Hafta ichida dam olish kunlari yarim kunga uzaytirildi, haftalik dam olish kunlari shanba va yakshanba, shuningdek juma kuni ish kunining yarmi. Juma kuni rasmiy ish vaqti to‘rt yarim soat, soat 7:30 dan 12:00 gacha”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga BAA hukumati masjidlarda juma namozlari mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da boshlanishini ma’lum qildi. Odatda juma namozi soat 11:00 da boshlanadi va 13:00 da tugaydi.

Davlat idoralarida ishlaydiganlar juma kuni masofadan turib ishlashlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

BAA

Baholaganlar

469

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing