BAA aeroportlarida uchar taksilar ishga tushirilishi mumkin
Texnologiya
−
11 noyabr 2022 5668 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu-Dabidagi aeroportlarda odamlar va yuklarni tashish uchun elektr yordamida harakatlanadigan vertikal uchish va qo‘nish taksilarini ishga tushirishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda Terminal ma’muriyatining Twitter’dagi sahifasi xabar berildi.
“Aeroportlar va Fransiyaning Groupe ADP kompaniyasi Abu-Dabi shahrida “Advanced Air Mobility” elektr taksilari uchun yer usti infratuzilmasini birgalikda rejalashtirish, loyihalash, rivojlantirish va foydalanishda ishtirok etadi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Rahbariyatning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda yo‘lovchilar amirlikning xalqaro aeroportiga uchib kelib, so‘ngra uchar elektr taksida uylariga qaytishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan oldin, BAA rasmiylari Dubaydagi “Gitex Global” xalqaro texnologiya ko‘rgazmasida uchar mototsikllarni taqdim etgan. Ularni ishlab chiqarish “Aerwins” va uning Abu-Dabidagi hamkori bilan birgalikda 2023 yilda boshlanishi mumkin.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr