BAA 13 ta davlatga viza berishni to‘xtatdi

Olam

image

Joriy yilning 18 noyabridan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari 13 ta mamlakat fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi. Bu haqda BAA immigratsiya departamentiga tayanib xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, ro‘yxatdan Jazoir, Afg‘oniston, Iroq, Eron, Yaman, Keniya, Livan, Liviya, Pokiston, Suriya, Somali, Tunis va Turkiya o‘rin olgan.

Manbaga ko‘ra, bu boradagi farmon cheklangan vaqt davomida amal qiladi.

Xabarda ushbu cheklov joriy etilishining sababi ma’lum qilinmagan. 

"Reuters" agentligining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, viza cheklovlari xavfsizlik maqsadida joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

BAA VIZA

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing