Bahrayndagi Osiyo o‘yinlarida o‘smirlar Olimpiadasi yo‘llanmalari o‘ynaladi
Sport
−
06 mart
1100Bahraynda o‘tkaziladigan III yoshlar Osiyo o‘yinlari 22-31 oktyabr kunlari tashkil etiladi va bahslar Dakar-2026 o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga litsenzion xarakterga ega bo‘lgani bois, sport dasturlari va uning yosh chegaralarida o‘zgarish mavjud. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqaga jami 26 ta sport turi kiritilgan. Ularning 13 tasi Dakar-2026 dasturidan o‘rin olgan. Mazkur yo‘nalishlarda qatnashadigan atletlarning yosh chegarasi 14-17 etib belgilangan. Osiyo o‘yinlarida yengil atletika, boks, futzal, stol tennisi, sohil kurashi, badminton, veloshosse, dzyudo, taekvondo, 3x3 basketbol, konkur, suzish va triatlon turlarida Dakar-2026 Olimpiadasining yo‘llanmalari o‘ynaladi. .
Yana 13 ta sport turida yosh chegarasi 15-18 ni tashkil etib, bahslarda Dakar-2026 litsenziyalari o‘ynalmaydi. Jumladan, tuyalar poygasi, golf, kabaddi, tekbol, og‘ir atletika, otlar marafoni, gandbol, aralash jang san’ati turlari, voleybol, kibersport, jiu-jitsu, muay-tay, sport kurashlari (yopiq inshootda) kabi turlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim etmaydi.
LiveBarchasi