Bahodir Jalolovning jangining yangi sanasi e’lon qilindi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov shu yilning 18 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni unga chernogoriyalik Dilan Prashovich raqiblik qiladi. Bu haqda Butunjahon boks uyushmasi (WBC) o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Aslida Jalolov-Prashovich jangi joriy yilning 17 fevraliga belgilangan Fyuri-Usik o‘rtasidagi jang kardida o‘tkazilishi kerak edi, biroq Fyuri jarohat olgani bois turnir sanasi o‘zgartirildi.

Endi aynan 18 may kuni o‘tkaziladigan Fyuri-Usik jangi doirasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ham ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov oxirgi jangini 2023 yilning 17 noyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tgan boks oqshomida janubiy afrikalik Kris Tompsonga qarshi o‘tkazib, 1-raunddayoq nokaut evaziga g‘alabaga erishgandi. Chernogoriyalik bokschi so‘nggi bor 2022 yilning 8 noyabrida ringga ko‘tarilgan. O‘shanda u chexiyalik Pavel Sourni mag‘lubiyatga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov F'yuri Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing