Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi qachon va kimga qarshi bo‘lishi ma’lum qilindi

Sport

image
0:00
0:00
download

Professional boksning og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (10-0, 10 KO) Nyu-Yorkdagi jang kechasida ringga chiqadi. Bu haqda “Daily Sentinel”nashri xabar berdi.

Joriy yilning 10 iyun kun Showtime tomonidan o‘tkaziladigan oqshomda o‘zbekistonlik bokschiga belgiyalik Jek Mulovayi (11-2-1, 7 KO) raqiblik qiladi. 8 raundga mo‘ljallangan jang boks oqshomining markaziy jangi bo‘lishi kutilmoqda.

Jangga chiptalar 22 apreldan boshlab sotuvga chiqqan. Chiptalar narxi 39 dollardan boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Jalolov 18 mart kuni o‘tkazilgan so‘nggi jangida Dubayda Kamil Sokolovskiga qarshi ringga chiqib, uni 5-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. Ungacha esa dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoni ustidan birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Shuningdek, 2021 yilning aprel oyida latviyalik Kristaps Zuitsni nokaut evaziga taslim etgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bahodir Jalolov jang

Baholaganlar

522

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing