Bahodir Jalolov yangi promouter bilan ish boshladi

Sport

image

Og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Mayk Koppinjer Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, shu paytga qadar Lou DiBellaning DiBella Entertainment kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan bokschi endilikda afsonaviy Bob Arumning mijozi sifatida ringga ko‘tariladi.

Ta’kidlanishicha, Jalolov Top Rank bilan hamkorlikdagi ilk jangini yozning ohirlarida o‘tkazishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Bahodir professional yo‘nalishda 12 ta jang o‘tkazib barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing