Bahodir Jalolov Olimpiadadagi yurishini g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
29 iyul 2021
17735Tokio Olimpiadasida boksning +91 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov o‘zining ilk jangini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.
Dunyo reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Jalolovga ozarbayjonlik Muhammad Abdullayev raqiblik qildi. Bellashuv davomida ustunlikka erishgan surxondaryolik Jahon chempioni hakamlarning qarori bilan g‘alabaga erishdi. Jalolov ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirishga ham ulgurdi.
Uning chorak finaldagi raqibi hindiston vakili Satish Kumar bo‘ladi. U Yamayka vakili Rikardo Brovnga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Jang 1 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.