Bahodir Jalolov nimani isbotlamoqchi?

Intervyu

Xabaringiz bor, 1-14 may kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bahslari o‘tkaziladi. Mundialga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘zbek bokschilari yanvar oyi boshidan buyon o‘quv-yig‘in jarayonlariga kuch bergan.

JCHda g‘olib bo‘lib, superog‘ir vaznda ikki karra mundial chempioni degan faxrli nomni qo‘lga kiritish uchun terma jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov ham kun davomida ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

QALAMPIR.UZ Toshkent viloyati Angen tumanidagi Yangiobod o‘quv bazasida bo‘lib, u yerda mashg‘ulot o‘tkazayotgan Bahodir Jalolov bilan suhbatlashdi.

Sportchining bo‘lajak nufuzli turnirga tayyorgarlik jarayonini kuzatish bilan birga, undan nega haliyam profboksga to‘liq o‘tmayotganining sababi, so‘nggi yillarda o‘zbek boksi erishayotgan natijalar va O‘zbekistonda bokschilarga yetarlicha e’tibor qaratilayotgani yo yo‘qligi, profboksda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov o‘zaro jang o‘tkazish-o‘tkazmasligi bo‘yicha savollar bilan yuzlandi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 1994 yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 

U Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida Rustam Saidov va To‘lqin Qilichevdan boks saboqlarini o‘zlashtirgan. Havaskor boksdagi ilk medalini 2009 yilda yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida qo‘lga kiritgan. 

Keyinchalik, 2017 yilda Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida, shuningdek Bangkok-2019, Dubay-2021 kabi qit’a birinchiliklarida oltin medalga ega chiqqan. 

Charm qo‘lqop ustasi 2019 yilda Rossiyaning Yekaterenburg shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionati va Tokio-2020 Olimpiadasida ham raqiblarini dog‘da qoldirib, yirik musobaqalar g‘olibiga aylandi.

Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing