Bahodir Jalolov ertangi jang oldidan tarozidan o‘tdi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov ertaga, 27 avgust kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. AQSHning Tenessi shtatida o‘tkaziladigan mazkur jangda O‘zbekiston vakiliga nigeriyalik Onorede Ehvareme raqiblik qiladi. 

Bokschilar kecha tunda vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Unga ko‘ra, Jalolov 114 kilogramm, Ehvareme esa 102 kilogramm vazn ko‘rsatdi. Ushbu jang 26 avgustdan 27 avgustga o‘tar kechasi soat 03:15 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonlik bokschi professional boksda 12 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan. Bahodirning so‘ngi jangi amerikalik Kyortis Harperga qarshi bo‘lib o‘tgan va unda o‘zbekistonlik bokschi 4-raunddayoq raqibini “yer tishlatgan”. Ehvareme esa faoliyati davomida 22 marta ringga ko‘tarilib, undan 20 tasida g‘alaba qozongan va 2 ta jangida raqiblariga imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik bir guruh taqdirlangan sportchi va murabbiylar qatorida Bahodir Jalolovni ham “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan mukofotlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Onorede Ehvareme

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing