Bahodir Jalolov bo‘ydoqlik bilan xayrlashmoqda (video)

Sport

image

Bugun, 20 dekabr kuni Toshkent shahrida o‘zbekistonlik professional bokschi, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolovning to‘yi munosabati urf-odatlarga ko‘ra osh dasturxoni yozildi.

Yig‘inga O‘zbekistonning ko‘plab taniqli shaxslari ishtirok etdi. Jumladan bokschiga baxt tilash uchun restoranga o‘zbek sporti hukumati vakillari Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ochilboy Ramatov, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbarlari keldi.

Nikoh kechasi esa 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov hozirda 29 yoshda. U profboksda 14 ta jang o‘tkazib barchasida g‘alaba qozongan. Havaskor boksda esa jahon va Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Bahodir Jalolov Ochilboy Ramatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing