Bahodir Jalolov ham oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
13 may 2023
8112Bugun, 13 may kuni Toshkentda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida superog‘ir vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov kubalik raqibi Alexandro Arzolani mag‘lubiyatga uchratdi. Birinchi raundda nokdaunga uchragan Arzola jangni davom ettirishdan bosh tortdi.
Shunday qilib Jalolov ikki karra jahon chempioniga aylandi. 29 yoshli Jalolov 2019 yilgi mundialda ham tengsiz bo‘lgandi. Shuningdek, uning hisobida 2020 yilgi Tokio olimpiadasi oltin medali, uch karra Osiyo chempionligi ham bor. Bundan tashqari, u professional boksda ham 12 ta jang o‘tkazishga ulgurib, ularning barchasida muddatidan oldin g‘alabaga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Jalolovdan oldin ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Hasanboy Дўстматовлар ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi.