Ajrashganiga bir yil bo‘lgan Bill Geyts sobiq rafiqasiga qayta uylanmoqchi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Microsoft asoschisi Bill Geyts sobiq rafiqasi Melinda bilan yana turmush qurishga qarshi emas. Bu haqda milliarder “Sunday Times” nashriga bergan intervyusida gapirgan. 

“Bizning ajoyib nikohimiz bor edi. Afsuski, biz ajrashishga majbur bo‘ldik. Lekin men qachonlardir aynan uni tanlaganimdan afsuslanmayman, uning o‘rnida boshqa hech kimni tasavvur ham qila olmayman. Kelajakda unga yana uylangan bo‘lardim”, degan Bill Geyts. 

Bill Geyts va Melinda Geyts o‘tgan yilning may oyida ajrashishlarini e’lon qildi. 27 yillik nikohda er-xotin to‘rt farzandni tarbiyaladi. Hozir ular do‘stona munosabatlarni saqlab, birgalikda ishlashda davom etmoqda. Melinda hali ham Bill Geyts fondlarida ishtirok etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Bill Geyts

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing