Ayrimlarga davlat xizmatidan foydalanishda 50 foiz chegirma beriladi
Jamiyat
−
26 iyul 2021
5095Ayrim shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foiz miqdorida chegirma beriladi. Bu O‘zbekiston Prezidentning “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 noyabrdan boshlab:
• “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda – YAIDXP) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno);
• Davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi hamda YAIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytariladi.
Bunda:
• ariza beruvchiga to‘lovlar Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytariladi va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining byudjetdan tashqari va boshqa mablag‘lari hisobidan akseptsiz undirib olinadi;
• ariza beruvchiga tegishli davlat xizmati ko‘rsatiladi va to‘liq yakunlanadi.
LiveBarchasi