Endi sun’iy intellektni o‘rganmaganlar davlat xizmatida ishlamaydi. Qozog‘istonda!

Olam

image

Endilikda Qozog‘istonda xodimlar agar sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quvdan o‘tmagan yoki ushbu soha bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, davlat xizmatida ishlay olmaydi. Bu haqda kecha, 26 dekabr kuni 2025 yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida chog‘ida mamlakat Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev ma’lum qildi.

U davlat xizmatchilarini sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘qitish jarayoni haqida so‘z ochgan. Xususan, gap vazirlik tomonidan davlat xizmatchilariga mo‘ljallangan maxsus dastur haqida bormoqda.

“Hozirda dastur 50 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab olgan. Vaqt o‘tishi bilan sun’iy intellekt bo‘yicha kurslar majburiy bo‘ladi. Agar shaxs o‘quvdan o‘tmagan yoki sun’iy intellekt bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, u ishlay olmaydi”, deydi Jaslan Madiyev.

Uning aytishicha, bu davlat xizmatining salohiyatini oshirish, ish samaradorligini kuchaytirish va byurokratiyaga qarshi kurashish uchun zarur.

“Biz davlat xizmatchilarini SI-agentlar, modellar va ko‘p agentli platformalar yaratishga o‘rgatyapmiz, ularga hisoblash quvvatlari, ma’lumotlar to‘plamlari va til modellarini taqdim etyapmiz. Hatto dasturlash tajribasiga ega bo‘lmagan odamlar ham bunday agentlarni yaratishni o‘rganishi mumkin”, deydi vazir.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda hozirgacha qariyb 3000 nafar davlat xizmatchisi platformada ishlash va SI-agentlar yaratish bo‘yicha ta’lim olgan.


Maqola muallifi

Teglar

davlat xizmati sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing