Italiya politsiyasi öğirlangan san’at asarlarini sun’iy intellekt yordamida topmoqda

Olam

−

image

Italiyada politsiya öğirlangan san’at asarlarini aniqlaş uçun sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Cwoads deb nomlangan tizim 2023 yil noyabridan beri 300 dan ortiq yirik kartina va haykal, şuningdek, 165 mingdan ziyod tanga, medal hamda qölyozmalarni qaytarişga yordam bergan. Qaytarilgan buyumlarning umumiy qiymati 203 million yevrodan oşadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Tizim san’at asarlarining rang va şakllarini özaro soliştiriş orqali ulardagi öxşaş jihatlarni topadi. Kartinadagi tasvirlarning ayrim qismlari özgartirilgan taqdirda ham, sun’iy intellekt asl asarni tanib olişi mumkin.

2024 yil oktyabr oyida Italiyaning Parma şahrida ötkazilgan qadimiy buyumlar yarmarkasida politsiya xodimlari namoyiş etilayotgan san’at asarlarini suratga olib, tizimga yuklagan. Sun’iy intellekt qölida örama bitik uşlab turgan yoş ayol tasvirlangan kartinada şubhali öxşaşlikni aniqlagan.

Tekşiruv davomida bu 2004 yilda Sulmona şahridagi çerkovdan öğirlangan XVII asrga oid kartina ekani ma’lum bölgan. Unda Rimlik avliyo Agnes tasvirlangan bölib, jinoyatçilar asarni tanib bölmaydigan qiliş uçun uning ayrim qismlarini özgartirgan. Xususan, avliyoning qölidagi qöziçoq örniga bitik çizilgan, boşi ustidagi nurli halqa va palma novdasi olib taşlangan. 

Biroq sun’iy intellekt öğirlangan san’at asarlarini mustaqil ravişda qaytarib bera olmaydi. U faqat öxşaşliklarni aniqlaşga yordam beradi. Asarlarni qonuniy egalariga qaytariş esa tergovçilarning faoliyati va huquq-tartibot organlari örtasidagi hamkorlikka boğliq.

Italiya 2027 yilgaça öğirlangan san’at asarlarini aniqlaş böyiça xalqaro tizim yaratişni rejalaştirmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing