Dunyodagi eng qarzdor davlat ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Yaponiya dunyodagi davlat qarzi eng ko‘p mamlakat hisoblanadi. Kunchiqar davlat qarzi yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning 234 foiziga teng. Bu haqda Rossiyaning Infestitsiyalarni tahlil qilish va makroiqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Daniil Nametkin ma’lum qildi.

Nametkinning ta’kidlashicha, qarzdorlik bo‘yicha Buyuk Britaniya (YAIMning 144 foizi), AQSH (YAIMning 160 foizi) va Yevrohudud (YAIMning 120 foizi) ham yetakchilar qatorida turadi. Mutaxassisga ko‘ra, dunyo davlatlarining barcha qarzi jami YAIMning 105 foiziga teng.

U pandemiya fonida qator davlatlarda inflyatsiya o‘sganiga to‘xtaldi. Xususan, AQSHda iste’mol narxlari 5,4 foizga o‘sgan va bu so‘nggi 13 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2021 yil 1 aprel holatiga 34,2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Yil boshidan beri qarz 310,6 mln dollarga ko‘paygan.


Maqola muallifi

Teglar

qarz

Baholaganlar

2818

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing