Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda chegirma beriladi
Jamiyat
−
17 aprel 1242 1 daqiqa
O‘zbekistonda pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50 foiz chegirma beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining kecha, 17 aprel kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun quyidagi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qilishi belgilandi:
- ko‘chmas mulk ob’ektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari;
- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari;
- umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha davlat xizmatlari;
- traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish byo‘icha davlat xizmatlari;
- rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari va boshqalar.
Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor o‘rinbosarlari 5 yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitilishi belgilandi.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi o‘quvchilarni o‘qishdan chetlashtirish, boshqa yo‘nalishga o‘tkazish va o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilandi.
Live
Barchasi