Mukofot 616 mln so‘m: “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi pedagoglar o‘rtasida yilning eng katta bellashuvi – Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tanlovda 208 ta tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning har biri 616 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.

“Joriy yilda ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak e’tirofi, pedagoglarga ko‘rsatilgan munosib rag‘batdir. Tanlov nafaqat o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida ta’lim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

G‘oliblar ro‘yxtati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy yilgi tanlovda O‘zbekiston bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etgan. Ulardan 208 nafar pedagog g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.  


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing