Ayrim mamlakat fuqarolari AQSHga kirishi chegaralanishi mumkin
Olam
−
22 yanvar 2020
4600AQSH ma’muriyati ayrim mamlakat fuqarolari Qo‘shma Shtatlarga kirishini chegaralashni rejalashtirmoqda. Ular orasida Belarus va Qirg‘iziston ham bor. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Wall Street Journal xabar bermoqda.
Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Belarus, Qirg‘iziston, Myanma, Nigeriya, Sudan va Tanzaniya fuqarolari AQSHga kirishlari chegaralanishi mumkin. Ta’kidlanishicha, ushbu ro‘yxat hali rasman tasdiqlanmagan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp nashrga bergan intervyusida AQSHga fuqarolari kirishi chegaralangan davlatlar ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirayotganini ta’kidlab o‘tgan edi. Ammo ular qaysi davlatlar ekanligini ochiqlamagandi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi