Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgan Shahram G‘iyosovga chora ko‘riladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani aks etgan video tarqaldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ayni damda vazirlik tomonidan holat o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra batafsil ma’lumot beriladi va huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘riladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatga ayiqlarning barcha turi kiritilgan. Ya’ni boshqa hayvonlar qatori ayiqlarni ham davlat va mobil sirklarida (shapitolar) saqlash hamda ulardan sirk tomoshalarini o‘tkazish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida 2 bosh itolg‘i qushini noqonuniy saqlab kelgan erkak tabiatga 1 yarim milliarddan ortiq zarar yetkazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov ayiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing