Yaponiyada ayiq sabab 94 ta maktab yopildi

Olam

image

Bugun, 8 may kuni Yaponiyaning Usunomiya shahrida ayiq paydo bo‘lgani sababli 94 ta boshlang‘ich va o‘rta maktab vaqtincha yopildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa mahalliy aholida katta xavotir uyg‘otgan va politsiya hamda ovchilar ayiqni topish uchun keng ko‘lamli qidiruv ishlarini boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha kattalikdagi qora ayiq (taxminan 1 metr uzunlikda) joriy yilning 6 iyun kuni shahardagi park yaqinida ko‘ringan. Keyinchalik, u kecha, 7 iyun kuni ertalab shahar markazida yana paydo bo‘lgan va kuzatuv kameralariga tushgan. Videolarda ayiq ikki yosh yigitning oldidan yugurib o‘tayotgani ko‘rinadi. O‘sha kuni kun davomida ayiq turarjoy hududlarida ham kuzatilgan, bugun, 8 iyun kuni esa soat 04:00 atrofida shahar markazidan taxminan 2 km uzoqlikdagi sanoat hududida yana paydo bo‘lgan.  

Shahar hokimiyati aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. Fuqarolarga eshik va derazalarni yopiq saqlash, ayiq ko‘rinsa unga yaqinlashmaslik va darhol eng yaqin xavfsiz binoga kirish tavsiya etilgan. Shuningdek, ogohlantirish uchun maxsus ovozli avtomobillar shahar bo‘ylab harakatlantirilgan.

Politsiya va mahalliy ovchilar uyushmasi ayiqni topish va xavfsiz tarzda zararsizlantirish yoki shahar tashqarisiga haydash ustida ishlamoqda. Mutaxassislarning aytishicha, Yaponiyada bunday holatlar so‘nggi yillarda keskin oshgan. Bu yil mamlakat bo‘yicha 50 mingga yaqin ayiq kuzatuvi qayd etilgan. Ayiq hujumlari ham ko‘payib, ayrim hollarda odamlar jarohat olgan yoki halok bo‘lgan.

Olimlar buni o‘rmonlarda asosiy oziq-ovqat manbalari kamayishi, ayniqsa eman yong‘oqlari yetishmasligi hamda qishloq hududlarida aholi sonining kamayishi bilan izohlaydi. Shu tufayli ayiqlar odam yashaydigan hududlarga ko‘proq kirib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Yaponiya ayiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing