Ayol chivin chaqishi oqibatida komaga tushdi. U qo‘l va oyoqlaridan ham ayrilgan

Olam

image

Buyuk Britaniyada 35 yoshli raqqosa ayol chivin chaqishi oqibatida komaga tushdi. Bu haqda "Daily Mail" xabar berdi.

Qayd etilshicha, Londonning Kembervell shahrida yashovchi 35 yoshli raqqosa ayol Angoladagi (Afrika qit’asida joylashgan) gastrol safaridan qaytib kelganidan so‘ng bezgakka chalingan. Ahvoli yomonlashib, sepsis (organizmning infeksiyaga nisbatan o‘ta kuchli reaksiyasi) kuchayib ketganidan so‘ng shifokorlar uni vaqtinchalik komaga tushirishga majbur bo‘lgan. 

Ayol komadan chiqqanidan so‘ng qo‘l va oyoqlari kesib tashlanganini payqagan. U "shunga qaramay, tirik ekanidan xursandligini va bir yilcha oldin to‘rt karra amputant sifatida uyg‘ongan bo‘lsa ham, bunga salbiy munosabatda bo‘lmaganini" ta’kidlagan.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

chivin chaqishi koma raqqosa ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing