“Aybim nimaligini aytishsin”. Lukashenko HOQ sanksiyasidan darg‘azab bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadigan tadbirlarda, shuningdek, Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi ham taqiqlangani haqida xabar bergan edik.

Lukashenko Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (XOQ) respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyatiga, shu jumladan, ushbu tuzilma rahbari sifatida o‘ziga qarshi sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudda e’tiroz bildirishini ma’lum qildi.

"Biz sudga murojaat qilishimiz kerak. XOQ prezidenti Tomas Bax va jinoiy to‘da menga aybim nima ekanligini aytsin. Men o‘z mamlakatimni himoya qilyapmanmi?", deya Lukashenkoning bayonotidan iqtibos keltirgan BelTA agentligi.

Belarus rahbari Olimpiada tadbirlarida ishtirok etishni rejalashtirmaganini, ammo XOQning taqiq to‘g‘risidagi qaroriga rozi emasligini aniq aytgan. 

"Men bu tadbirlarda 25 yildan beri qatnashmayapman, kelajakda ham unday qilish niyatim yo‘q. Ammo siz nima barcha davlatlarni birlashtirib qaror qabul qildingizmi?", deya qo‘shimcha qilgan u.


Maqola muallifi

Teglar

XOQ Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing