1 dekabrdan yo‘ldagi qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori oshadi
Jamiyat
−
20 noyabr 2023
14538O‘zbekistonda 1 dekabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori oshiriladi. Jarimalar narxining oshishi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Ma’lumki, BHM 1 dekabrdan 3 foizga ko‘payib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Shunday qilib, yangi tartibga ko‘ra, turli xil yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori quyidagicha bo‘ladi:
- Xavfsizlik kamarini taqmaganlik – 170 000 so‘m;
- Texnik ko‘rikdan o‘tkazish qoidalarini buzganlik, birinchi tibbiy yordam qutisi yo‘qligi – 170 000 so‘m;
- Kerakli hujjatlarsiz avtomobilni boshqarish – 340 000 so‘m;
- Sug‘urta yo‘qligi – 340 000 so‘m;
- Svetoforning qizil chirog‘ida o‘tish – 680 000 so‘m;
- Noto‘g‘ri to‘xtash joyi – 680 000 so‘m;
- Avtomobilni boshqarishda mobil telefondan foydalanish – 1 020 000 so‘m;
- Avtomobilni davlat raqamisiz boshqarish – 1 700 000 so‘m;
- Belgilangan tezlikdan 20 km/soatga oshib ketish - 340 000 so‘m;
- Belgilangan tezlikdan 20-40 km/soatga oshib ketish - 1 700 000 so‘m;
- Tezlikni 40 km/soat dan ortiq oshirish – 3 060 000 so‘m;
- Qarshi chiziqda harakatlanish – 3 400 000 so‘m;
- Mast holda transport vositasini boshqarish – 8 500 000 so‘m va 3 yilgacha avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilish;
- Tegishli ruxsatnomasiz oynalarni qoraytirish – 8 500 000 so‘m.
Jarimalardagi ushbu o‘zgarishlar 2023 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17 noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi 196-sonli farmoni bilan joriy yil 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr