Avval Xitoy, keyin AQSH. Ikkala davlat jurnalistlari nega sarson bo‘lmoqda?

Olam

image

Bugun, 6 mart kuni Butunxitoy jurnalistlar uyushmasi AQSHda Xitoy ommaviy axborot vositalari va ularning xodimlariga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlarni qoralab chiqdi.

"Butunxitoy jurnalistlar uyushmasi Qo‘shma Shtatlarning noto‘g‘ri xatti-harakatlariga qarshi qattiq norozilik bildiradi. Amerika tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu xatti-harakatlarning salbiy oqibatlaridan jiddiy tashvishdamiz", deyiladi bayonotda.

Uyushma AQSHni sovuq urush mentalitetidan va g‘oyaviy xurofotga asoslangan siyosiy tazyiqdan voz kechishga, Xitoy ommaviy axborot vositalariga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga, ularning ishlariga aralashmaslikka va Amerikada ishlaydigan xitoylik jurnalistlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini asossiz ravishda buzilishiga chek qo‘yishga chaqirdi.

Avvalroq, Davlat departamentining yuqori martabali vakili AQSHda faoliyat yuritayotgan Xitoyning beshta davlat OAVi xodimlari 160 dan 100 taga qisqarishini aytgan edi. Bularga “Sinxua” axborot agentligi, CGTN telekanali,  “China Radio International” radio kompaniyasi, “China Daily” gazetasi va  Hai Tian Development USA kompaniyasi hisoblanadi. Yangi qoida 13 martdan kuchga kiradi.

AQSH rasmiylarining fikriga ko‘ra, ushbu choralar Pekinni Amerika va boshqa xorijiy ommaviy axborot vositalariga nisbatan "adolatli" munosabatda bo‘lishga undaydi. Ushbu qadamlar shaffoflikka asoslanadi. Xitoy koronavirus haqidagi maqola tufayli “Wall Street Journal” nashrining uch nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh jurnalist Xitoy OAV

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing