Avtomobili havoni ko‘p ifloslayotgan haydovchilar jarimaga tortildi
Jamiyat
−
25 aprel
7525Joriy yilning 10 aprelidan hozirgi kungacha 518 ta transport vositasi atmosferaga zararli moddalarni me’yordan ortiq chiqargani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, respublikaning barcha hududlarida “Toza havo oyligi”ning birinchi bosqichi davom etmoqda, unda 10 apreldan hozirgi kungacha 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazilgan.
Bu “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 16, 17 va 28-moddalari hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasi talablari ijrosini ta’minlash, shuningdek, transport vositalarining holati ustidan davlat ekologik nazoratidir.
Oqibatda 518 ta transport vositasi atmosferaga zararli moddalarni me’yordan ortiq chiqarishi aniqlandi. Jami 303 nafar haydovchiga Ma’muriy javobgarlik kodeksining tegishli moddalari bilan 50,1 million so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanildi. Shuningdek, 222 ta avtomashinaning harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2024 yilning 1 iyunidan boshlab avtomobillarga ularning atrof-muhitni ifloslantirish darajasiga qarab elektron stikerlar beriladi.
LiveBarchasi