Avtomobillarga davlat raqami belgilarini berish narxi oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish kiritildi. Bu kecha, 10 avgust kuni Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tomonidan imzolangan “Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruqda nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, 2023 yil 1 noyabrdan to‘lov stavkalari quyidagi miqdorda belgilandi:

  • avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun – Bazaviy hisoblash miqdori(BHM)ning 3,5 baravari miqdorida;
  • mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga RO‘DRB uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida;
  • tranzit RO‘DRB uchun – BHMning 25 foizi miqdorida;
  • yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
  • yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida.

Shuningdek:

  • yo‘qotilgan bir dona yoki bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi bir juft RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida;
  • yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida;
  • RO‘DRBni 12 oy muddatdan so‘ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi.

Mazkur buyruq 2023 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun, oxirgi marta davlat raqami belgilarini berish uchun to‘lov miqdorlari 2011 yilda belgilangan va shundan beri o‘zgarmagan.


Maqola muallifi

Teglar

narx Avtomobil' davlat raqami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing