Avtokredit mablag‘larini o‘zlashtirganlar qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida avtokredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “L.N.” MCHJ mas’ul shaxslari “D.” MCHJdan “Isuzu” rusumli yuk mashinasini sotib olgandan keyin garovga qo‘yish sharti bilan hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘ining 595 mln so‘mini ushbu MCHJ orqali naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.E. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan Kia Karnival rusumli avtomashinani sotib yuborib, bank manfaatlariga 354,9 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 19 fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan 6,3 mlrd so‘mlik avtokreditni o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Qoraqalpog'iston Avtokredit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made