Avtobus yo‘lagida harakatlanganlar jarimaga tortilishi mumkin

Jamiyat

image

Jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqidagi tegishli qonun loyihasida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, bunday harakatni birinchi marta sodir etganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 875 ming so‘m) miqdorida jarima belgilanmoqda.

Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun quyi palatada qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanishi hamda Prezident tomonidan imzolanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda jamoat transporti 24 soatlik rejimga o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ma'muriy javobgarlik Avtobus yo'lagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing