Avtobus sayyohlar bilan birga Baykal ko‘liga cho‘kib ketdi 

Olam

image

Bugun, 20 fevral kuni Rossiyaning Sibir hududidagi Baykal ko‘lida ichida xitoylik sayyohlar bo‘lgan avtobus cho‘kib ketdi. Bu haqda gubernator Igor Kobzev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muzlagan ko‘l ustidan o‘tayotgan sayyohlik avtobusi ostidagi muz yorilib, transport vositasi suvga tushib ketgan. Hodisa oqibatida yetti nafar Xitoy fuqarosi va avtobus haydovchisi halok bo‘lgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, avtobusdagi bir nafar sayyoh qutqarib qolingan. Qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Voqea yuzasidan Irkutsk viloyati prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Ma’lumot uchun, Baykal ko‘li – dunyodagi eng chuqur ko‘l bo‘lib, u sayyohlar orasida mashhur maskan hisoblanadi. So‘nggi yillarda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi vizasiz rejim joriy etilgani ortidan mamlakatda xitoylik sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy poytaxti Pekin shahrida kuzatilgan kuchli yomg‘irlar oqibatida 30 nafar kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy sayyoh Baykal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing