Avstriyada Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi Kalashnikov avtomatiga tenglashtirildi

Olam

image

Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi Kalashnikov avtomatining xususiyatlari bilan taqqoslanadigan samaradorlik va ishonchni namoyish etmoqda. Bu haqda Avstriya poytaxti Venadagi Tibbiyot universiteti professori va yuqumli kasalliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Florian Talxammer “Kronen Zeitung” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Avstriyada hali qabul qilinmagan Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi to‘g‘risida professor Florian Talxammerdan so‘ralganida, u quyidagicha javob bergan: 

“Sputnik V” vaksinasi Kalashnikov avtomatiga o‘xshaydi: sodda, ishonchli va samarali. Vaksina haqida lol qoldiruvchi ma’lumotlar juda obro‘li jurnalda kech bo‘lsada, chop etildi.

Birinchi va ikkinchi emlashlar paytida turli xil virusli vektorlardan foydalaniladi, bu esa samaradorlikni oshiradi”.

Ma’lum qilinishicha, Avstriya hukumati “Sputnik V” vaksinasini Avstriya kompaniyalarida ishlab chiqarish to‘g‘risidagi Rossiyaning taklifini o‘rganmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, “Sputnik V” – COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashovchi birinchi vaksina. Ushbu vaksina 2020 yilning 11 avgustida Rossiyada ro‘yxatga olingan. Preparat Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazida tayyorlangan. Uni dunyo bo‘ylab 30 dan ortiq davlatlar ro‘yhatdan o‘tkazdi. 

Shu jumladan, O‘zbekiston ham “Sputnik V” vaksinasini uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat berdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Sputnik V”

Baholaganlar

390

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing