Nazarboyev Putinga rossiyalik shifokorlar qanday qilib uning hayotini asrab qolganini so‘zlab berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi haqida xabar bergandik.

Bugun, 30 iyun kuni Moskvada ikki davlat siyosiy liderlari ko‘rishdi. Kremldagi suhbat davomida Prezident Putin Nazarboyevning Rossiyaga tashrifini ancha vaqtdan beri kutayotganini aytdi.

O‘z navbatida, Nazarboyev Putinga rossiyalik shifokorlar uni koronavirusdan qutqarganini aytib, minnatdorlik bildirdi.

“Chin dildan, shaxsan o‘zim pandemiya paytida Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun Rossiya tomoniga minnatdorlik bildirmoqchi edim... Kasal bo‘lib qolganimda bir guruh rossiyalik shifokorlar 10 kun yonimda bo‘lganini hech qachon esimdan chiqarmayman. Bu sog‘ayishimda hal qiluvchi qadam edi. Bu unutilmaydi”, deydi Nazarboyev.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevga koronavirus tashxisi 2020 yil 18 iyun kuni qo‘yilgan. 2 iyul kuni esa Nazarboyev ushbu virusdan butkul xalos bo‘ldi. Joriy yilning iyun oyiga kelib u “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Rossiya Moskva Putin Nazarboev koronavirus “Sputnik V”

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing