Ukrainaliklar tajriba quyonchasi emas – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina tomoni “Sputnik V” vaksinasini rad etishini mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy “ukrainaliklar tajriba uchun quyon emasligi” bilan izohladi. Bu haqda UNIAN axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Prezident Zelenskiy “Ukraina 30. Koronavirus: muammo va yechimlar” forumidagi nutqi davomida “Sputnik V” vaksinasi 90-91 foizga samaradorligi to‘g‘risida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, shuningdek yetakchi Yevropa va jahon ekspertlari tomonidan berilgan rasmiy ma’lumotga ega emasligini aytgan.

“Men Ukraina fuqarolarini inson, deb bilaman. Kechirasiz-u, bunday taqqoslash uchun, lekin ular aniq quyon emas. Fuqarolarimiz ustida tajriba o‘tkazishga haqqimiz yo‘q”, degan Zelenskiy.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina aynan shu sababli vaksina sotib olish bo‘yicha muzokaralarni faqat “dunyo tomonidan tan olingan” ishlab chiqaruvchilar bilan olib boradi.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat fevral oyining o‘rtalarida 117 ming doza Pfizer vaksinasini sotib oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy “Sputnik V” “Pfizer”

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing