Avstraliyaga tahdid solgan ofat haqida ma’lumot berildi

Olam

image

Avstraliya janubi-sharqidagi katta toshqinlarning asosiy bosqichi tugagadi. Bu haqda mamlakat rasmiylari e’lon qildi, deb xabar bermoqda "Reuters".  

Yomg‘irlar to‘xtab, vaziyat yaxshilanganiga qaramay, rasmiylar aholisi ko‘p bo‘lgan Yangi Janubiy Uels shtatida, shu jumladan Sidneyda suv sathi ko‘tarilishi mumkinligidan ogohlantirgan. 

Yangi Janubiy Uels Bosh vaziri Gledis Berejiklyanning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida toshqin tufayli 6 000 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan. 

"Biz hali ham ming-minglab odamlar evakuatsiya xavfi ostida ekanliklarini, daryolar toshib ketishi mumkinligini unutmasligimiz kerak", degan Berejiklyan. 

Avstraliya Sug‘urta kengashining ta’kidlashicha, ularga 17 000 dan ortiq da’volar kelib tushgan, ularning umumiy qiymati 254 million Avstraliya dollaridan oshgan, ammo shu paytgacha toshqinlarda halok bo‘lganlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Avvalroq, Avstraliyaning sharqiy hududlarida yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir tufayli toshqinlar yuzaga kelgani, natijada 18 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya ofat

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing