Avstraliyada samolyot timsohlar makoniga quladi. Qurbon bor
Olam
−
13 yanvar 2025 9963 1 daqiqa
Avstraliyada samolyot daryoga qulashi oqibatida uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda “News” nashri xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, halokat kecha, 12 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:20 atrofida yuz bergan. Samolyot Darvin shahridan 60 km shimoli-sharqda joylashgan Midl-Poynt qishlog‘idagi to‘g‘onga qulagan. Politsiyaning ta’kidlashicha, to‘g‘on timsohlar makoni hisoblanadi.
Hodisa oqibatida samolyotning qanoti shikastlangan. Oqibatda u to‘liq ishdan chiqqan. Samolyot yerga qulagan va yonib ketgan.
Samolyot bortida ikki kishi bo‘lgan. Ulardan biri – 29 yoshli yo‘lovchiga zarar yetmagan va u voqea joyidan olib chiqilgan, ammo 63 yoshli uchuvchi o‘lik holda topilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni mahalliy dron Los-Anjeles hududida o‘rmon yong‘inlari bilan kurashayotgan CL-415 Super Scooper samolyoti bilan to‘qnashib ketgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025