Avstraliyada samolyot okeanga qulab tushdi
Olam
−
06 fevral 4593 1 daqiqa
Avstraliyaning janubiy qirg‘og‘ida joylashgan plyaj yaqinida yengil samolyot okeanga qulab tushdi. Bu haqda Janubiy Avstraliya politsiyasiga tayanib, ABC News xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 6 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:30 atrofida mahalliy Favqulodda xizmatlarga yengil samolyot bilan bog‘liq avariya haqida xabar kelib tushgan. Voqea Gulva-Saut yaqinidagi Long-Bey hududida sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga Murrey daryosining quyilish qismi tomon qutqaruv kuchlari zudlik bilan yetib borgan. Qidiruv-qutqaruv ishlariga politsiya vertolyoti, dengiz qutqaruv xizmati hamda uchta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan.
Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki qurbonlar bor-yo‘qligi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni Kolumbiyada bortida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarni qo‘shib hisoblaganda 15 kishi bo‘lgan Beechcraft 1900 rusumli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragandi.