Avgustda Ukrainadan qancha oziq-ovqat eksport qilingani ma’lum bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

“Oziq-ovqat kelishuvi”ni amalga oshirish boshlangan 1 avgustdan buyon Ukraina portlaridan 1,67 million tonnadan ortiq oziq-ovqat eksport qilindi. Bu haqda kecha, 1 sentyabr kuni Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markaz (QMM) tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

“1 sentyabr holatiga ko‘ra, Ukrainaning uchta portidan eksport qilingan don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy hajmi 1 million 677 ming 396 tonnani tashkil etdi”, deyiladi hujjatda.

QMM ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oy davomida uning mutaxassislari tomonidan Ukraina portlari yo‘nalishi bo‘yicha 78 ta kemaning o‘tishiga ruxsat berilgan, 68 ta kemaga oziq-ovqat yuklari bilan portlarni tark etishga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.

Ukraina Qurolli Kuchlarining “Janub” operativ qo‘mondonligi Istanbulda shartnoma tuzilganiga 24 soat to‘lmasdan, 23 iyul kuni ertalab Rossiya harbiylari Odessa dengiz savdo portiga “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirgani haqida xabar berdi.

Ukraina TIV  hujumga munosabat bildirib, Rossiya raketasi Vladimir Putinning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yuziga tupurish, deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing