“Australian open”. Nadal 3-bosqichga yo‘l oldi

Sport

image

“Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra g‘olibi, Avstraliya Ochiq chempionatida beshinchi raqam ostida tasniflangan ispaniyalik Rafael Nadal uchinchi bosqichga yo‘l oldi. 

U ikkinchi davra uchrashuvida saralash orqali asosiy to‘rga yo‘l olgan Germaniya vakili Yannik Xanfmanni 6:2, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Qarama-qarshilik 2 soat 42 daqiqa davom etdi.

Dunyoning sobiq birinchi raqamli raketka ustasi to‘rtinchi bosqichga chiqish uchun Karen Xachanov (Rossiya, 28) va Benjamin Bonzi (Fransiya) bahsi g‘olibi bilan kuch sinashadi. 

Ma’lumot uchun, “Australian open” turniri joriy yilning 30 yanvar kuni yakunlanadi. G‘olib sportchi 2000 reyting ochkosi va 4,400,000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Australian open nadal'

Baholaganlar

7

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing