“Australian open-2022”. Nadal 1/8 finalga yo‘l oldi 

Sport

image

Bugun, 21 yanvar kuni tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra g‘olibi Rafael Nadal Avstraliya Ochiq chempionatida 28-raqam ostida ishtirok etgan rossiyalik tennischi Karen Xachanovni mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Bellashuv 2 soat 50 daqiqa davom etdi va 6:3, 6:2, 3:6, 6:1 hisobida ispaniyalik tennischi foydasiga hal bo‘ldi. 

Endilikda, Nadal chorak finalga chiqish uchun Aslan Karatsev (Rossiya, 18) va Adrian Mannarino (Fransiya) dueli g‘olibiga qarshi kortga chiqadi. 

Turnir joriy yilning 30 yanvar kuni yakunlanadi. Yakkalik bahslarida g‘alaba qozongan sportchi 2,2 million AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti va 2000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya ochiq chempionatining amaldagi g‘olibi dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich hisoblanadi. U o‘tgan yilgi finalda rossiyalik Daniil Medvedevni 7:5, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nadal' Australian open Xachanov

Baholaganlar

11

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing