Federerga qarshi kortga chiqishni istayman – Nadal

Sport

image

Tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 21 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal shveysariyalik Rojer Federerning so‘zlariga izoh berdi. 

Avvalroq Federer Nadalning Avstraliya ochiq chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng, azaliy raqibini tabriklagan edi.

“Bu men uchun juda ko‘p narsani anglatadi. Rojer bilan ajoyib munosabatlarga egamiz. Birgalikda ko‘plab yutuqlarga erishdik va tennis tarixida ko‘plab ajoyib daqiqalarni boshdan kechirdik. Men Federer faoliyatining bir qismi bo‘lishdan faxrlanaman. Undan bunday xabar olish men uchun juda katta ahamiyatga ega.  Rojerga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. U bkni biladi. Men chin dildan umid qilamanki, biz hali ham muhim o‘yinlarda bir-birimizga qarshi o‘ynaymiz”, deydi Nadal.

Ikki tennischi barcha musobaqalar davomida 40 marta o‘zaro bahs olib borgan. 24 matchda Nadal, 16 o‘yinda esa Federer g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Rafa joriy yilning 30 yanvar kuni ispaniyalik tennischi “Australian open” turnirining hal qiluvchi bahsida rossiyalik Daniil Medvedevni 2:6, 6:7 (5:7), 6:4, 6:4, 7:5 hisobida mag‘lub etdi.
 
Ushbu natija evaziga Nadal faoliyati davomida 21-marta “Katta Dubulg‘a” turnirida g‘alaba qozonib, rekord o‘rnatdi va shveysariyalik Rojer Federer hamda serbiyalik Novak Jokovichni ortda qoldirdi. Bunga qadar ispaniyalik raketka ustasi Avstraliya ochiq chempionatida 5 marta finalgacha yetib kelgan bo‘lsa-da, faqat bir marta, 2009 yilda chempion bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

ATP Nadal' Federer

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing