“Australian open-2022”. Markaziy bahsda Azarenko Svitolinani taslim etdi

Sport

image

Belaruslik tennischi Viktoriya Azarenko mavsumdagi ilk “Katta Dubulg‘a” musobaqasi – Avstraliya ochiq chempionatining 1/8 finaliga yo‘l oldi. Musobaqada 25-raqam ostida saralangan tennischi 3-davra bellashuvida Ukraina vakilasi Elina Svitolinani 6:0, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 1 soat 3 daqiqa davom etdi. 

Endilikda 32 yoshli tennischi chorak final yo‘lida Barbara Kreychikova (Chexiya) – Yelena Ostapenko (Latviya) juftligi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya ochiq chempionati 17-30 yanvar kunlari Melburn shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 75 million AQSH dollarini tashkil etadi. 

Ma’lumot uchun,  turnirning amaldagi g‘olibi yaponiyalik Naomi Osaka hisoblanadi. “Katta Dubulg‘a” musobaqalari g‘olibi bo‘lgan sportchi 2000 reyting ochkosi va 2,2 million dollar mukofot pulini qo‘lga kiritadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Australian open Azarenko Svitolina

Baholaganlar

6

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made