“Australian open-2022”. Chempionlikka da’vogar tennischi 3-bosqichga yo‘l oldi
Sport
−
20 yanvar 2022
2544Dunyoning ikkinchi raqamli raketka ustasi rossiyalik Daniil Medvedev Avstraliya ochiq chempionatining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi. 25 yoshli tennischi ikkinchi davra uchrashuvida avstraliyalik Nik Kirosni mag‘lub etdi.
3 soat 4 daqiqa davom etgan uchrashuv 7:6 (7:1), 6:4, 4:6, 6:2 hisobida Medvedev foydasiga hal bo‘ldi.
ATP reytingida 115-o‘rinni egallab turgan Kiros faoliyatida ilk marta Medvedevga mag‘lub bo‘ldi.
Chempionlikka asosiy da’vogar sanalayotgan rossiyalik tennischining navbatdagi raqibi niderlandiyalik Botik Van Zandshulp bo‘ladi. U fransiyalik Rishar Gaskedan ustun kelgan.
Eslatib o‘tamiz, “Australian open”da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tennischi 2000 reyting ochkosi va 2,2 million AQSH dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritadi.
LiveBarchasi